Messi JCH-2022 haqida: "Dastlabki uch ochko keyingi qadamdan oldin sizga xotirjamlik va ishonch bag'ishlaydi"

Sherzod Nurmatov
12 noya 2022, 13:13
PSJ va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi yaqin kunlarda Qatarda start oladigan Jahon chempionati haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Biz pley-offda Daniya yoki Fransiyaga qarshi o'ynay olamizmi? Oldindan bu haqda o'ylash xato bo'ladi. Hozir birinchi o'yin, guruh bosqichiga e'tibor qaratishimiz kerak. Yaxshi boshlash juda muhim. Dastlabki uch ochko keyingi qadamdan oldin sizga xotirjamlik va ishonch bag'ishlaydi. Bunday musobaqalarda oldindan aytib bo'lmaydigan narsalar sodir bo'ladi. Har qanday detal sizni o'yindan chiqarib yuborishi mumkin. SHUning uchun keyinni o'ylamasdan, har bir keyingi bahsga e'tibor qaratish darkor", – dedi Messi.

Argentina guruh bosqichida Meksika, Polsha va Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ole