

Lionel bu borada juda qatiy turibdi. Hatto PSJ va boshqa jamoalar unga biror rasmiy taklif bilan chiqishga "botina olishmadi", deydi "The Sun" nashri.
Parij klubi biror katta taklif bilan chiqmaydigan taqdirda ham Messida hozirgi jamoasi bilan shartnomani 1 yilga uzaytirish imkoniyati mavjud. Avvalroq e'lon qilingan xabarlarda "Barselona" Messini qaytarish yo'llarini izlayotgani ochiqlangandi. Hamyurti Iguain esa uni Qo'shma Shtatlar futbolida tub burilish yasash uchun okean ortida kutmoqda.



