Messi Flik "Barselona" bosh murabbiyi bo'lgani haqida gapirdi

Mirjalol Normatov
22 noya 2024, 22:44
"Barselona" sobiq futbolchisi, klub afsonasi Leo Messi ayni damda jamoani boshqarayotgan Xansi Flikning faoliyatidan hayratda ekanligini aytdi.

Argentinalik futbolchi Kataloniya klubida yoshlarning o'yini ochilib ketganini ta'kidladi.

"Ular aqlbovar qilmas o'yin ko'rsatishyapti. Biroq bu meni hayron qoldirganai yo'q. Chunki bu yangilik emas, bunday holat doimo bo'lgan va 13 yoshimda "Barselona"ga kelganimda ham bunaqasini ko'p ko'rganman.

So'nggi yillar davomida bosh murabbiylar tomonidan yosh futbolchilarga imkoniyatlar berilayotgani yoqimli. Yoshlarga imkon berib, ishonch bildirilyaptimi, demak, hech kim mas'uliyatdan qochmayapti. Chunki klubdagilar barchani yaxshi biladi va bolaligidan bir xil uslubda futbol o'ynashga o'rgatilgan", - dedi Messi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El nou clam