Messi endi Argentina termasi o'yinlarida qatnashishi mumkin

Mirjalol Normatov
12 sen 2020, 12:29
Janubiy Amerika futboli konfederatsiyasi hujumchi Leo Messiga qo'yilgan diskvalifikaciya nihoyasiga etganini ma'lum qildi.

Futbolchi Amerika Kubogi-2019 3-o'rin uchun bahsida Gari Medel bilan urushib ketganligi bois milliy terma o'yinlaridan chetlatilgandi.

AFA prezidenti Klaudio Tapa KONMEBOL rahbariyati ushbu taqiqni yo'qqa chiqarganini ma'lum qildi. Endi 33 yoshli futbolchi yaqinlashib kelayotgan Ekvador (8 oktyabr) va Boliviya (13 oktyabr) termalariga qarshi uchrashuvlarda o'yinlarda qatnashishi mumkin.

Messi diskvalifikaciya sababli Meksika, Chili, Germaniya termalariga qarshi o'yinlarda qatnashmadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sify