Messi bo'lajak o'yin qaydnomasiga kiritildi

Omonjon To`xtamirzayev
1 apr 2023, 00:00
"Inter Mayami" argentinaliksiz qiynalgani turgan gap.

Messi bugun MLS doirasidagi "Chikago Fayr"ga qarshi o'yinda maydonga tusha oladi. Argentinalik "Inter Mayami" uchun pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritishdagi ushbu muhim bahs qaydnomasiga kiritildi.

Lionel Messi jamoasining oxirgi uch o'yinini o'tkazib yubordi. "Inter Mayami" ushbu oraliqda biror marta g'alaba qozona olmadi. Bundan tashqari shu 3 o'yindan bittasi AQSH Kubogi finali edi. Messining Mayamidagi statistikasi shunchaki ajoyib - 12 o'yinda 11 ta gol va 5 assist.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: ESPN