"Messi "Barsa"da allaqachon g'alaba qozonayotgan avlodda o'sgan. Yamal yangilanayotgan jamoaning bir qismi"

Tolibjon Qosimov
18 okt 2024, 19:49
Deku Lionel Messi va Lamin Yamalni solishtirdi.

17 yoshli Yamal La Liganing ushbu mavsumida 9 ta o'yinda 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Leo o'sha paytda biroz kuchliroq futbolchi edi. Lamin endigina 17 yoshda.

Leo klubda allaqachon g'alaba qozonayotgan avlod bilan o'sish baxtiga muyassar bo'ldi. Lamin esa yangilanayotgan jamoaning bir qismi, bu endigina yaratilayotgan avlod. Hozir boshqa davr.

Laminning yaxshi tomoni shunda-ki, u o'z yoshi uchun g'ayrioddiy etuklikni namoyish etadi", - dedi "Barselona" sport direktori Deku.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: marca.com