Messi: "Barcha shaxsiy rekordlarimni Jahon chempioni bo'lishga almashardim"

12 iyul 2014, 23:17
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi jahon chempioni bo'lish uchun barcha shaxsiy rekordlaridan voz kechishga tayyor ekanligini bildirdi.

Men barcha shaxsiy rekordlarimni Jahon chempioni bo'lishga almashardim. "Oltin to'p"dan ko'ra, jahon chempionatidagi g'oliblikni tanlagan bo'lardim. Futbolchi uchun mundial g'olibligi bu eng oliy darajadagi sovrin. Bu mening yoshligimdagi orzuim. Bu orzudan voz kechganimcha yo'q.


Manba: soccer.ru