Merson: "Manchester Siti" Sterlingni sotgani uchun afsuslanadi"

Sherzod Nurmatov
10 iyul 2022, 19:43
Ekspert "shaharliklar"ni ogohlantirdi.

"Arsenal" sobiq futbolchisi Pol Mersonning fikricha, "Manchester Siti" vinger Rahim Sterlingni "Chelsi"ga o'tishiga rozi bo'lib, to'g'ri ish qilmayapti.

"Agar men "Manchester Siti"ning o'rnida bo'lganimda, Rahim Sterlingni sotishdan xavotirlanardim, chunki uning gollari u bilan birga ketadi. U ko'p gol uradi, jamoaga og'irligi tushmaydi. Uning o'yinida o'ziga xos joziba bor. Agar u ketsa, keyingi mavsumda jamoadagi o'rni bilinadi. "Chelsi" jahon darajasidagi ajoyib o'yinchini qo'lga kiritmoqda", – dedi Merson.

Oldinroq "Chelsi" "Manchester Siti" bilan Sterling transferi borasida kelishib olgani haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Sports