Merino: "Real" bilan durang o'ynash qiyin, bu natijadan juda xursandman"

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2016, 12:12
"Betis" bosh murabbiyi Xuan Merino "Real"ga qarshi Ispaniya chempionatining 21-tur uchrashuvi (1:1) natijasidan mamnun ekanligini aytdi.

"Real"ga qarshi bahsda ochko ishlab olij juda qiyin. Bunday natija qayd etish uchun yaxshi o'yin ko'rsatish, imkoniyatlardan foydalanish va raqibda omadsiz kun bo'lishi kerak ekanligini aytgan edim. Durangdan juda xursandman" - deydi Merino.

Ispaniya chempionati turnir jadvali bilan tanishing.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca