

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, bugun posbon individual mashg'ulot o'tkazgan, biroq bunda u og'riq his qilib, mashg'ulotni yakunlay olmagan. 22 sentyabr kuni darvozabon Fransiya termasi tarkibida Millatlar ligasi doirasida Avstriyaga qarshi o'yinda jarohat olgandi. Endi uning safga qaytishi 2023 yilda amalga oshishi kutilmoqda. Bunday holatda uning Qatarda bo'ladigan JCHda ishtirok etmasligi oydinlashadi.
Ushbu mavsumda Menyan A Seriyaning 7 o'yinida qatnashib, 8 gol o'tkazib yubordi.



