Mbappening PSJ bilan shartnomasi qay holatda avtomatik tarzda uzaytirilishi ochiqlandi

Eldor Akmurzayev
8 mar 2023, 09:45
Francuz nashrlari bergan xabarga ko'ra, buning uchun parijliklar Chempionlar Ligasida zafar quchishi kerak.

Avvalroq, Kilian Mbappe PSJ bilan 2+1 ko'rinishida yangi bitimga imzo chekkandi. Agar klub YCHLda g'olib bo'lsa, bitim shartlariga binoan kelishuv avtomatik ravishda bir yilga uzaytiriladi.

Eslatib o'tamiz, 24 yoshli futbolchi 2017 yildan beri parijliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Oldinroq, uning keyingi faoliyati “Real” bilan bog'liq bo'lishi haqida xabarlar tarqalgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: L’Équipe