Mbappening otasi o'g'lining PSJdan ketishi bo'yicha muzokaralar o'tkazayotgan bo'lishi mumkin

Alisher
5 iyun 2019, 12:30
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe yozgi transferlar oynasida jamoadan ketishi mumkin.

Fransiya terma jamoasi futbolchisining otasi va agents Vilfrid Mbappe bu ish bo'yicha shug'ullanyapti. U Shveytsariyada jahon futbolining muhim vakillari bilan uchrashgan va bu haqda gaplashgan.

20 yoshli futbolchi 2018 yilda "Monako"dan PSJga o'tgan edi.

Futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 57ta o'yinda maydonga tushib, 46ta gol va 12ta assistga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Cadena SER