Mbappe: “Tuxel yulduzlarni boshqarolmaydi deyishgandi. U esa PSJ tarixidagi eng yaxshi mavsumni o'tkazayapti”

23 avg 2020, 08:25
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe YCHL finali oldidan jamoasi murabbiyi Tomas Tuxelni qo'llab-qo'vvatladi.

“Men murabbiyimiz haqida ko'p gaplarni eshitdim. Masalan, u echinish xonasida tartib o'rnatolmaydi, yulduzlarni boshqarolmaydi va boshqa shunga o'xshagan gap-so'zlar...

Ammo haqiqat nuqtayi nazaridan olib qarasak, hozir u klub tarixidagi tarixiy ishni amalga oshirmoqda. Biz qo'lga kiritishimiz lozim bo'lgan barcha sovrinlarga egalik qildik va endi YCHL finalida, ajoyib futbolchilar bilan to'p tepamiz.

U bizni kerakli holatda bo'lishmizni taminladi. Albatta, mavsum davomida yuksalish va qulash vaziyatlariyam bo'ldi. U murabbiy va biz unga ishonamiz. Ertaga murabbiyimiz uchun o'ynaymiz”, dedi Mbappe.

O'xshash yangiliklar


Manba: RMC Sport