Mbappe "Real"dagi raqamini o'zgartirmoqchi

Оқил Абдубарноев
18 iyul 2024, 21:57
Fransiyalik hujumchiga hozirda 9-raqam tegishli hisoblanadi.

"Real Madrid"ning yangi transferi Kilian Mbappe klub safida 9-raqamli libosda harakat qiladi. Uning formasi hozirdanoq katta hajmda sotilib ulgurdi. 

Biroq francuz kelgusida 10-raqamni o'ziniki qilmoqchi. Ayni vaqtda ushbu raqam Luka Modrichga tegishli, u kelgusi mavsumga qadar "qaymoqranglilar" sharafini himoya qiladi.

Xabarlarga ko'ra, Modrich klubdan ketgach yoki futbolchilik faoliyatini yakunlagach, 10-raqam Mbappega o'tadi, Kilianning 9-raqamiga esa Endrik talabgor bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Foot Mercato