Mbappe "Real" rahbariyatidan yozda "Arsenal" futbolchisini sotib olishni so'radi

Sherzod Nurmatov
15 apr 2025, 18:31
"Real" hujumchisi Kilian Mbappe klub rahbariyatidan yozgi transfer oynasida Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Uilyam Salibani sotib olish bo'yicha muzokaralarni boshlashni so'radi.

"Real" rahbariyati Salibani istiqbolli futbolchi sifatida tan olsa-da, transfer narxining yuqori bo'lishidan xavotirda.

"Arsenal" Salibaning 2027 yilgacha amal qiladigan shartnomasini hisobga olib, uning transferi uchun kamida 100 mln evro talab qilishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Tribuna.com