Mbappe: "Messi bilan o'ynash - biz uchun imtiyoz, u dunyodagi eng zo'ri"

Alisher
20 okt 2021, 10:16
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar Ligasi doirasidagi "RB Leyptsig" (3:2)ga qarshi o'yin haqida gapirdi.

"Bu turnirda doim qiyin. Vaziyatlarda ochiqchasiga bo'sh o'ynadik. Penaltiga keladigan bo'lsak, uni birdan Lionel Messiga berishga qaror qildim.

Nega? Hurmat sabab. Messi bilan o'ynash - biz uchun imtiyoz, u dunyoning eng zo'r o'yinchisi", - deydi Mbappe.

Eslatib o'tamiz, Kilian Mbappe ham bahs so'nggida penaltini amalga oshirdi, ammo fransiyalik uni golga aylantira olmadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Canal+