Mbappe Fransiya terma jamoasining Olimpiada uchun kengaytirilgan takribiga kiritildi

Sherzod Nurmatov
12 may 2021, 00:25
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Tokio Olimpiadasining futbol musobaqasida ishtirok etishi mumkin.

"L’Equipe" xabariga ko'ra, 22 yoshli hujumchi 85 futbolchidan iborat fransiyaliklar qatoridan joy oldi.

Xabar qilinishicha, Mbappening o'zi Olimpiya o'yinlari medallari uchun kurashmoqchi, ammo uning musobaqadagi ishtiroki "uch ranglilar"ning Evro-2020da natijasiga bog'liq.

Fransiyaliklar Olimpiada guruh bosqichida Yaponiya, Janubiy Afrika va Meksika terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L’Equipe