Mbappe Fransiya chempionatining aprel oyidagi eng yaxshi futbolchisi

Aslanov Jasurbek
9 may 2017, 18:14
"Monako" hujumchisi Kilian Mbappe o'tgan oy yakunlariga ko'ra Fransiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

18 yoshli futbolchi ushbu nom uchun kurashda Edinson Kavani (PSJ) va Jan-Mishel Seridan ("Nicca") ustun keldi.

Fransiyalik futbolchi o'tgan oy monegasklar safida 3 ta o'yin o'tkazib, "Lion" va "Tuluza"ga qarshi bahslarda g'alaba to'plariga mualliflik qildi.

Mbappe joriy mavsum Fransiya chempionatining 26 ta uchrashuvida 14 ta gol urdi va 6 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com