

Ikki golning biriga fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe mualliflik qildi. Shu tariqa Kilian Chempionlar Ligasida o'zi asosiy tarkibda boshlagan ketma-ketma 10 ta uy o'yinida gol urgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi.
Umumiy hisobda Mbappe YCHLda 68 o'yinda 44 ta gol urgan va 26 ta golli uzatma etkazib berdi hamda 4 bor sariq kartochka ishlab oldi.
Avvalroq Fransiya terma jamoasi forvardi ortiq PSJga kerak emasligi haqida xabar berilgandi.



