"Maync" Falastinni qo'llab-quvvatlagan futbolchi bilan shartnomani bekor qildi

Sherzod Nurmatov
4 noya 2023, 12:07
Anvar El-Gazi endi "Maync" futbolchisi emas.

Asli arab bo'lgan niderlandiyalik futbolchining ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi tufayli nemis klubi shunday qaror qabul qildi.

Avvaliga El-Gazi Falastinni qo'llab-quvvatlovchi postlar chiqardi. Keyinroq "Maync" futbolchi HAMAS harakati harakatlaridan uzoqda ekanligi, qurbonlarga hamdard ekani va Isroil davlatining mavjud bo'lish huquqini inkor etmasligi haqida bayonot berdi. Biroq oradan ko'p o'tmay, Anvar El-Gazining o'zi klubning bu bayonotlariga qarshi chiqdi.

Avvalroq klub bosh murabbiyni ishdan bo'shatgan edi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Al Jazeera