Maxrez: "Hozir CHLni yutishning ayni vaqti. Bu uchun bizda hamma narsa bor"

Alisher
30 may 2020, 11:35
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Riyad Maxrez "shaharliklar"ning Chempionlar Ligasini yutishi haqida gapirdi.

"O'ylaymanki, hozir biz uchun Chempionlar Ligasini yutishimiznining ayni vaqti. Jamoa, murabbiy - g'alaba uchun barcha narsa bor, shunday ekan bu yaxshi fursat.

Biz zo'rmizmi yoki yo'q, buni bilmayman, ammo "Manchester Siti" g'alaba qozonish uchun etarlicha kuchga ega.

Chempionlar Ligasi - barcha yutishni xohlaydigan eng qiyin musobaqa. Bizni og'ir kurash kutmoqda", - deydi Maxrez.

Eslatib o'tamiz, "Siti" CHL 1/8 finalining ilk o'yinida mehmonda "Real" (2:1)ni mag'lubiyatga uchratgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal