Mauro Silva: "Kasemiro - dunyoning eng yaxshi futbolchisi"

Aslanov Jasurbek
13 noya 2017, 12:20
"Deportivo" va Braziliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Mauro Silva "Real" xavbeki Karlos Kasemironi maqtadi.

"Kasemironing o'yini menga yoqadi. U himoyachilarning oldida harakat qiladi va uning o'yini tufayli jamoa o'zini xotirjam his qiladi. U maydondagi aqlli harakatlari bilan ajralib turadi. Kasemiro raqiblarning paslarini ilib ketishni, o'z jamoasining hujumlarini boshlashni yaxshi biladi. So'nggi vaqtlarda u gol urishni ham boshladi. Men uchun Kasemiro - o'z poziciyasidagi dunyoning eng yaxshi futbolchisi" - deydi Mauro Silva.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca