

“Real” katta bosim ostida qoladi. Boisi, ular jahon chempioni, dunyoning eng boy jamoasi va tabiiyki kuchli klubi. O'z o'rnida bizning muxlislar ham jahon chempionlari hisoblanishadi. Ertaga buni butun Yevropa ko'radi.
Ishonchim komil, hujum chizig'ida darvozani ishg'ol qilish uchun imkoniyatlarimiz bo'ladi. Bunday o'yinlarda nechta vaziyat bo'lishi haqida o'ylash kerak emas.

Ha, chorak finalga chiqish uchun imkoniyatlarimiz birmuncha past. Lekin yo'q emas. Shu bois, oxirgi soniyalargacha kurash olib borishimiz shart. Har qanday holatda ham erishilgan muvaffaqiyatdan xursand bo'lmog'imiz lozim”, – dedi Sarri UEFA rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Ma'lumot uchun, “Napoli” 1/8 finalning ilk uchrashuvini Madridda o'tkazib, 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.



