Mata Osiyo klubidan ajoyib taklif oldi

Mirjalol Normatov
10 okt 2020, 14:26
Ispaniyalikninng xizmatlariga jiddiy qiziqishlar bo'lmoqda.

"Express" xabariga ko'ra, futbolchiga Saudiya Arabistoni klubi yillik 11,5 mln evro maosh hamda asosiy tarkibni taklif qilmoqda. O'z navbatida MYUda so'nggi mavsumini o'tkazayotgan Mata ham ushbu variantni ko'rib chiqishga tayyor.

Biroq MYU rahbariyati Mata bilan shartnomani bekor qilishni istamayapti. Shu boisdan Saudiya klubi yaqin vaqtlar ichida MYU bilan muzokaralar o'tkazishga tayyorlanmoqda.

Oldinroq "Arsenal" futbolchisi Mesut O'zil ham Saudiya Arabistonidan taklif olgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express