Mata APLning so'nggi yillardagi eng yaxshi futbolchisi kimligini aytdi

Eldor Akmurzayev
14 apr 2020, 21:25
“Manchester Yunayted” xavbeki Xuan Mata “Chelsi”ning sobiq a'zosi Eden Azar haqida fikr bildirdi.

“Menga Azar bilan birga (“Chelsi”da) va unga qarshi o'ynash yoqardi. Fikrimcha, u ligada ko'p yillar davomida eng yaxshi bo'lgan. Yakka o'zi bahslarda g'alaba qozona olardi. U bilan mashg'ulot o'tkazish imkoniga ega bo'lganman va u qanchalik yaxshi o'yinchiligini bilaman.

“Real”dagi jarohatlar bois unga omad kulib boqmayapti, lekin u qaytsa o'zining haqiqiy darajasini ko'rsatishiga ishonaman”, dedi Mata.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: manutd.com