Massimiliano Allegri: "Barselona"ga imkon bermadik va o'zimiz qarshi hujumda o'ynadik"

Narzulla Saydullayev
23 okt 2013, 12:29
"Milan" ustozi Massimiliano Allegri "Barselona"ga qarshi o'yindan (1:1) so'ng durangdan qoniqqanini ma'lum qildi.
"Yigitlar yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Biz "Barselona"ga imkon bermadik, o'zimiz esa qarshi hujumlarda harakat qildik. Himoyada bittagina xatoga yo'l yo'qdik va gol o'tkazib yubordik. Kaka ajoyib o'yin ko'rsatdi. U jamoa uchun foyda keltiradigan futbolchi ekanini isbotlab bo'lgan.

Umuman olganda bugungi o'yin va natijadan qoniqdim", - deydi Allegri UEFA rasmiy saytiga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net