Maskerano Xitoy klubiga o'tyapti, uning 2 yillik maoshi 19 mln evro

Aslanov Jasurbek
18 dek 2017, 23:21
Ispaniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Xaver Maskerano faoliyatini Xitoy chempionatida davom ettiradi.

Kataloniyaliklar rahbariyati futbolchini “Xebey Chayna Forchun” klubiga 10 million evro evaziga sotishga rozilik berdi. Xitoy jamoasining ikki rasmiy vakili muzokaralarni yakunlash uchun Ispaniyaga yetib keldi. 

Maskeranoning transferi rasman 1 yanvar kuni e'lon qilinadi. “Xebey Chayna Forchun”dagi ikki yil uchun Xaver 19 mln evro maosh oladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif