“Mashal”: Kubok bahsiga tayyorgarlik boshlandi

Narzulla Saydullayev
28 iyun 2017, 22:39
Oliy liganing 15-turida Mashal jamoamiz safarda Samarqandning Dinamo jamoasiga qarshi maydonga tushib nursiz durang qayt etgan edi.

“Gazchilar” bugundan boshlab O'zbekiston kubogi bahslarining navbatdagi bosqichi uchun mashg'ulotlarga kirishdi, jamoamiz hozirda tiklanish mashqlarini olib bormoqda. Tarkibda yo'qotish yo'q barcha futbolchilarimiz ushbu bahsga hozirlik ko'rishmoqda. Jarohatlangan va sariq kartochka olganlar mavjud emas.

Eslatib o'tamiz: “Mashal” O'zbekiston kubogi ¼ finali dastlabki uchrashuvni safarda  Samarqandning  Dinamo jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Uchrashuv 30 iyun kuni soat 18-15da Samarqanddagi  Dinamo markaziy o'yingohida  bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz