Mart oyida olimpiya terma jamoalari o'rtasida turnir o'tkaziladi, O'zbekiston ham musobaqaga taklif etilgan

Оқил Абдубарноев
27 yanv 2023, 21:25
Mart oyida FIFA kunlari doirasida Qatarning Doha shahri olimpiya terma jamoalari turniriga mezbonlik qiladi. Bu haqda Alisher Nikimbaev Telegram sahifasi orqali xabar berdi.

Mazkur bahslar 2022 yilgi jahon chempionati arenalarida emas, balki klublarga tegishli stadionlarda o'tkaziladi.

Turnirda jami 8 ta jamoa ishtirok etadi. Taklif etilganlar orasida Xorvatiya, Koreya, Saudiya Arabistoni, O'zbekiston terma jamoalari bor. Ishtirokchilarning yakuniy tarkibi hali e'lon qilinmagan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: t.me/ANikimbaev