Marselo: "Jurnalistlar bizga hasad qilishadi"

Aslanov Jasurbek
24 okt 2018, 16:08
"Real" himoyachisi Marselo so'nggi vaqtlarda ko'p tanqid qilinayotgan jamoa bosh murabbiyi Xulen Lopetegini himoya qildi.

"Lopetegi - ajoyib murabbiy. Menimcha, u o'z ishini juda yaxshi uddalayapti. Yuta olmasang qiynalasan, ammo inqiroz haqida sizlar - jurnalistlar gapirmoqda. Sizlar jamoaga zarar keltirib, kiyinish xonasidagi atmosferani buzmoqchisiz. Shunchaki hasad qilasiz, chunki futbol o'ynashni bilmaysiz.

"Real"dan ketishim? Hech qanday taklif haqida eshitganim yo'q" - deydi Marselo.

Oldinroq, braziliyalik "Real" rahbariyatidan uni "Yuventus"ga qo'yib yuborishni so'ragani e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana