"Marsel" va "Galatasaroy" Vidal uchun kurashmoqda

Alisher
27 mar 2021, 16:28
Milanning "Inter" jamoasi xavbeki Arturo Vidal faoliyatini davom ettirish uchun ikkita variantga ega.

Futbolchi bilan shartnoma imzolashga "Marsel" va "Galatasaroy" klublari qiziqish bildirishmoqda. Fransiya klubida ayni damda oldin Chili terma jamoasida ishlagan Xorxe Sampaoli ishlamoqda.

Arturo "neradzurrilar" safini o'tgan yilning sentyabrida erkin agent maqomida kelib to'ldirgandi. O'yinchining shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Chililik futbolchi joriy mavsum A Seriya doirasidagi 23ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttomercatoweb