Mario Balotelli: "Chempionlar ligasini yutish uchun darvozaga turish kerak bo'lsa - turaman"

Tolibjon Qosimov
18 fev 2014, 20:31
"Milan" hujumchisi Mario Balotelli Chempionlar Ligasidagi "Atletiko"ga qarshi o'yin oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Jamoamga Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida yordam bera olishimdan xursandman. O'tgan mavsum menda bunday imkoniyat yo'q edi.

Hali biror marta Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida gol kiritmaganman. Umid qilamanki, tez orada vaziyat o'zgaradi.

Men - hujumchiman. Lekin, bu musobaqada g'olib chiqish uchun darvozaga turish kerak bo'lsa, o'ylab o'tirmay bu vazifani bajaraveraman", - dedi Balotelli.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru