Marca: "Ronaldu FIFA talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi futbolchisi bo'ladi"

Tolibjon Qosimov
20 okt 2017, 18:19
Madridning "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu FIFA talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olinadi.

Bu haqda "Marca" nashri xabar berdi.

G'oliblarni e'lon qilish va taqdirlash rasmiy marosimi dushanba kuni Londonda bo'lib o'tadi. Manbaning keltirishicha, yilning eng yaxshi murabbiyi "Real" ustozi Zinedin Zidan bo'ladi. Tarixda ilk bor o'tkazilayotgan eng yaxshi darvozabon so'rovida esa Janluiji Buffon g'olib chiqadi.

Ronaldu 2016-2017 yilgi mavsumda Ispaniya chempioni bo'ldi va Chempionlar ligasini qo'lga kiritdi. Portugaliyalik YCHLda 13 uchrashuvda 12ta gol urdi va musobaqa to'purari bo'ldi. U UEFA talqiniga ko'ra, Yevropaning eng yaxshi futbolchisi ham bo'ldi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: marca.com