Maradona: “Pepe professional bo'lmagani uchun ahmoqona yo'l tutdi”

Tolibjon Qosimov
19 iyun 2014, 13:42
Argentina terma jamoasi sobiq murabbiyi Diego Maradona Portugaliya va Germaniya bahsidagi Pepe harakatlariga baho berdi.
Pepe Tomas Myullerga qilgan qo'polligi uchun 37 daqiqadan maydondan chetlatilgan.

Pepe qoida buzgandan so'ng, raqibni boshi bilan biroz turtib, unga bir nechta so'z aytadi va shundan so'ng qizil kartochkaga loyiq topiladi.

“Pepening bunday harkatini kuzatish juda kulgili bo'ldi. Bu ishni qilish kerak emasdi. O'z harakatlari bilan futbolchi jamoani mag'lubiyatdan qutilib qolishiga imkon bermadi” – deydi Maradona “A Bola”ga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com