Manuel Pellegrini: "Chempionlikni dekabrda yutib bo'lmaydi"

Aziz Tukhtamuradov
26 dek 2015, 09:20
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini "shaharliklar"ning APL turnir jadvalidagi o'rni haqida gapirib o'tdi.

"Turnir jadvalida uichinchi o'rinni egallab turibmiz. Yaqin orada "Lester"ga qarshi o'yinimiz bor. Birinchi davrani muvaffaqiyatli yakunlash uchun o'sha o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak. Mavsum yakunida g'olib bo'lish uchun, yanvarda yetakchilar qatorida bo'lish lozim. "Arsenal"ga qarshi o'yinda muhim ochkolarni qo'ldan boy berdik. Lekin, bu hal qiluvchi o'yin emasdi. Chempionlikni dekabrda qo'lga kiritib bo'lmaydi", - deydi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: goal.com