Mansur Mamedbabaev: "Tajribamizni oshirib borishga intilayapmiz"

Tolibjon Qosimov
14 iyul 2016, 13:56
Kecha futzal bo'yicha O'zbekiston hamda Tojikiston terma jamoalari o'zaro ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishdi.

O'yindan so'ng tojikistonliklar sardori Mansur Mamedbabaev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Birinchi o'yinda ham, bu safar ham bizga ancha qiyin bo'ldi. Sababi, raqibimiz nomdor jamoa. O'zbekiston Osiyo chempionatining kumush medali sohibi va ularga qarshi harakat qilish oson emas. Lekin, biz o'yindan-o'yinga o'sib borishga intilayapmiz. Afsuski, ikkinchi uchrashuvda ham ko'plab imkoniyatlardan foydalana olmadik.
Futzal jamoaviy o'yin, bugun omad raqiblarimiz tomonida bo'ldi. Lekin, mag'lubiyatdan fojea yasashga hojat yo'q. Kelajakda xatolarimiz ustida ishlab, tajribamizni oshirib borishga harakat qilamiz", - deydi Mansur Mamedbabaev.



O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia