Manjukich "Spartak"ning yillik maoshi 6 mln. evro bo'lgan taklifini rad etgan

Aslanov Jasurbek
22 dek 2016, 18:14
"Spartak" "Yuventus"ga hujumchi Mario Manjukich borasida taklif yuborgan.

Ma'lumotlarga ko'ra, poytaxt klubi xorvatiyalik forvardga yillik maoshi 6 mln. evro bo'lgan bitim taklif qilgan, ammo Manjukich bunga rozi bo'lmadi va qizil-oqlar "Milan" hujumchisi Luis Adrianoga e'tibor qaratgan.

Oldinroq "Spartak" "Milan" bilan braziliyalik borasida kelishuvga erishgani e'lon qilingandi.

Adrianoning "Milan"dagi yillik maoshi 3 mln. evro, Italiya klubi bilan bitimi esa 2020 yilda yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercato