Manchini FA taklifiga ko'ra, Angliya - Malta uchrashuviga tashrif buyuradi

Aslanov Jasurbek
8 okt 2016, 16:01
Italiyalik mutaxassis Roberto Manchini Angliya futbol assotsiatsiyasi tomonidan Angliya hamda Malta o'rtasidagi JCH-2018 saralash o'yiniga taklif qilindi.

Ma'lum bo'lishicha, "Manchester Siti" va "Inter" sobiq bosh murabbiyi "Uembli"da bahsni kuzatadi.

Sem Ellardaysning mojaroli iste'fosidan so'ng Manchini Angliya terma jamoasi bosh murabbiyligi uchun asosiy da'vogarlardan biri hisoblanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport Italia