Manchini: "Agar yaxshi o'ynasak, yana "Uembli"ga qaytib kelamiz"

Aziz Tukhtamuradov
26 iyun 2021, 09:34
Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini Avstriyaga qarshi o'yin haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Eski "Uembli" ham ajoyib edi, bugungisi esa fantastik arenadir. Bu yerda o'ynash zavq beradi. Faoliyati davomida bunday arenada umuman futbol o'ynamay ketadigan futbolchilar bor. 

Agar biz Avstriyaga qarshi yaxshi o'ynay olsak, yana shu erga qaytib kelish imkoniga ega bo'lamiz. Umid qilamanki, shunday ham bo'ladi. 

Bizni qiyin o'yin kutayotganini yigitlar tushunib turishibdi. Xato qilish mumkin emas. Avstriya agressiv va texnik tomonlama kuchli jamoa", - dedi Manchini. 

Eslatib o'tamiz, Evro-2020ning yarim final va final o'yinlari "Uembli" stadionida o'tkaziladi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA