"Manchester Yunayted"ning hech qaysi o'yinchisida koronavirus aniqlanmadi

Tolibjon Qosimov
20 may 2020, 15:11
Premer-liga rahbariyati kecha kechga yaqin 17 va 19 may kunlari Liga klublarining o'yinchi va xodimlaridan olingan koronavirus uchun test natijalarini e'lon qilgan edi.

APL. 748 testdan 6tasi ijobiy natija berdi

Unda APLning 3 klubidan 6ta ijobiy test chiqqani ma'lum qilingandi.

Liga kasallanganlarning ism-sharifi oshkor qilinmasligi ma'lum qilgandi. "BBC" jurnalisti Saymon Stounning xabar berishicha, "Manchester Yunayted" yuqoridagi 3 klub orasida emas. Yani, "qizil iblislar"ning hech bir o'yinchisida koronavirus aniqlanmagan.

Ayni paytda jamoa APL restarti oldidan umumiy guruh mashg'ulotlariga tayyorlanmoqda.

"Yunayted" futbolchilari test topshirish uchun Karringtondagi bazaga kelishgan kundagi rasm.



Eslatib o'tamiz, ushbu hafta yakunida Premer-liganing barcha o'yinchi, murabbiy va xodimlaridan koronavirus uchun ikkinchi bor test olinadi.

“Uotford”da koronavirusga chalingan 3 kishi aniqlandi

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/sistoney67