Seriyalar buzulganda... "Manchester Yunayted"da yaxshi, "Tottenxem"da yomon natija

Mirjalol Normatov
14 yanv 2019, 10:27
Kecha "Manchester Yunayted" safarda "Tottenxem"ni mag'lub etdi.

Uchrashuvning birinchi bo'limi so'nggi daqiqalarida Markus Reshford tomonidan kiritilgan gol "qizil iblislar"ga g'alaba keltirdi.

Eng qizig'i bu mavsumda, ilk marta "Yunayted" ketma-ket ikki o'yinda gol o'tkazib yubormasdan g'alabaga erishdi. O'z navbatida bu natijada David De Xeaning xizmatlari juda katta.

"Tottenxem" esa bu mavsumda hali ketma-ket ikki marta o'z maydonida mag'lub bo'lmagandi. Jamoa o'tgan safar "Uembli"da "Vulverxempton" tomonidan tor-mor etildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia