"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi jarohat oldi

Aslanov Jasurbek
29 noya 2017, 15:37
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Nemanya Matich "Uotford"ga qarshi Angliya chempionati uchrashuvida (4:2) jarohat oldi.

Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo e'lon qildi. Serbiyalik futbolchi 54-daqiqada almashtirildi.

"Matich jarohat oldi va bu qanchalik jiddiy ekanligini bilmayman. Nemanya almashtirishlarini so'radi, jiddiy sabab bo'lmaganda u bunday demagan bo'lardi. Mushagiga nimadir qilgan" - deydi Mourinyo.

Joriy mavsum Matich APLning 14ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta golli pas bergan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports