"Manchester Yunayted" va PSJ "Brest" o'yinchisi uchun da'vogarlik qilmoqda

Alisher
11 yanv 2021, 18:28
"Manchester Yunayted" "Brest" yarim himoyachisi Romen Fevrga qiziqmoqda.

MYU fransiyalik futbolchini "Borussiya" (Dortmund) o'yinchisi Jeydon Sanchoning arzonroq varianti sifatida ko'rmoqda.

22 yoshli o'yinchi uchun kurashda "Yunayted" bilan "Pari Sen-Jermen" klubi raqobatga kirishgan.

Fevr "Brest"ga 2020 yilning yozida "Monako"ning ikkinchi jamoasidan 400 ming evro evaziga o'tgandi.

Futbolchi joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Le10sport