"Manchester Yunayted" va "Bavariya" 5 avgustda o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

Tolibjon Qosimov
12 iyun 2018, 12:42
Angliya va Germaniyaning grand jamoalari o'zaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi.

"Manchester Yunayted" va "Bavariya" jamoalari o'rtasidagi bahs 5 avgust sanasida "Alyanc-Arena" stadionida o'tkaziladi.

"Manchester Yunayted" klub televideniyasi o'yinni to'g'ridan-to'g'ri translyatsiya qiladi.

Bundan tashqari, MYU yozda AQSHda turne o'tkazadi va unda "Amerika", "San-Xose Ertkueyks", "Milan", "Liverpul" va "Real" jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: manutd.com