Manchester Yunayted ushbu yozda Krishtianu Ronalduni qo'yib yuborishi mumkin

Og'abek Samisov
16 avg 2022, 17:52
Manchester Yunayted yozda Krishtianu Ronalduni qo'yib yuborishi mumkin.

BBC xabariga ko'ra, klub portugaliyalik hujumchining yomon kayfiyati boshqa futbolchilarning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko'rsatayotgani uchun uni sotib yuborishi mumkin. Qayd etilishicha, Ronaldu jamoadoshlari bilan deyarli muloqot qilmayapti va ketish istagini yashirmayapti.

Manchester Yunayted 37 yoshli futbolchi ketmasa, jamoaning hozirgi muammolari hal bo'lmasligidan cho'chimoqda. Shuningdek, klubdagilar Ronalduning ketishi jamoaga ijobiy ta’sir ko'rsatishiga va natijalarning sezilarli yaxshilanishiga umid bildirmoqda.

Avvalroq Atletiko bosh murabbiyi Diego Simeonening Ronaldu transferiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar paydo bo'lgandi.

Ma'lumot uchun, Ronaldu APLning joriy mavsumida 2 ta o'yin o'tkazib, birorta ham samarali harakatni amalga oshira olmadi.

O'xshash yangiliklar


Og'abek SamisovMuallif
Manba: BBC Sport