"Manchester Yunayted" Ronalduni faoliyatidagi 700-goli bilan tabrikladi. Forvardga esdalik futbolkasi tuhfa etildi

Оқил Абдубарноев
10 okt 2022, 20:09
"Manchester Yunayted" Krishtianu Ronalduni yubiley goli bilan tabrikladi.

APLning 10-turi doirasidagi (2:1) "Everton" darvozasiga kiritilgan to'p portugaliyalik hujumchi uchun klub faoliyatidagi 700-si bo'ldi.

"Manchester Yunayted" 37 yoshli hujumchiga orqa tomonida 700 raqami yozilgan futbolka sovg'a qildi.

Shuningdek, “Yunayted” futbolchilari kiyinish xonasida Ronaldu bilan jamoaviy suratga tushishdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/ManUtd