"Manchester Yunayted" qiziqqan yana bir futbolchi klubi bilan shartnomasini uzaytirdi

Alisher
30 noya 2019, 11:54
"Benfika" himoyachisi Ruben Diash klub bilan shartnomasini uzaytirdi.

Futbolchi va klub o'rtasidagi imzolangan yangi shartnoma 2024 yilga qadar mo'ljallangan.

Yangi shartnomaga ko'ra, Diashning tovoni puli 100 million evroni tashkil etmoqda.

22 yoshli himoyachi joriy mavsum lissabonliklar tarkibida barcha turnirlarda 18ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan.

Eslatib o'tamiz, bu futbolchiga Manchester klublari jiddiy qiziqayotgan edi.

MYU va "Real" sotib olishni xohlagan futbolchi klubi bilan shartnomasini uzaytirdi

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/slbenfica_en