"Manchester Yunayted" Kazemironing ketishini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
22 yanv 2026, 22:01
Ushbu mavsum yakunlanganidan keyin Kazemiro "Manchester Yunayted"ni tark etadi.

Ingliz klubi shartnomasi yakunlanganidan keyin braziliyalikning jamoadan ketishini ma'lum qildi. Oldinroq yarim himoyachi ushbu mavsumda 35 o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushsa, shartnoma avtomatik ravishda bir yilga uzaytirilishi ma'lum qilingandi.

33 yoshli Kazemiro 2022 yilda "Manchester Yunayted"ga o'tdi. Shu davrdan buyon u jamoa tarkibida 146 o'yinda qatnashib, 21 gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: manutd.com