"Manchester Yunayted" himoyachisi jamoani tark etmoqchi

Mirjalol Normatov
22 avg 2019, 00:57
Italiyalik futbolchiga A Seriyaning ko'plab jamoalari qiziqish bildirmoqda.

"La Gazetta dello Sport" xabariga ko'ra, "Manchester Yunayted" himoyachisi Matteo Darmian ushbu yozdayoq jamoani tark etishni istamoqda. Italiyalik futbolchi bu borada klub rahbariyatiga o'z talabini qo'ygan.

29 yoshli futbolchiga ayni damda "Yuventus", "Inter" va "Fiorentina" kabi jamoalardan qiziqishlar bo'lmoqda. O'tgan mavsumda u APLning atigi 6 o'yinida qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazetta dello Sport