

Manchestyerdagilar "Real"ning argentinalikka qiziqib qolgani haqidagi xabarlardan qattiq havotirda. Iqtidorli futbolchisini saqlab qolish uchun "qizil iblislar" uning maoshini 10 barobar oshirishga tayyor. Garnachoning yangi maoshi haftasiga 50 000 funt sterlingni tashkil qilishi kutilmoqda.
Bu mavsum Garnacho "Manchester Yunayted" safida 29 ta o'yinda ishtirok etib, o'z hisobiga 4 ta gol va 5 ta golli uzatma yozdirib qo'ydi.



